Bugungi Amudaryo

Bugungi Amudaryo Tumani

Bugungi Amudaryo har tomonlama rivojlanib, taraqqiy etib borayotgan, nafaqat Qoraqalpog’istonda, balki O’zbekistonda ham o’z o’rniga ega tumanlardan biri.

Tumanda birgina 2022 yilning o’zida;

-Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 606,9 mlrd.so’mni tashkil etib, o’sish sur’ati 105,0 foizga, QRdagi ulushi 3,4 foiz va tuman aholisi jon boshiga 2 936,6 ming so’mga;

  • Qishloq xo’jaligi hajmi 2 trillion 694,6 mlrd.so’mni tashkil etib, o’sish sur’ati 106,3 foizga, QRdagi ulushi 18,8 foiz va tuman aholisi jon boshiga 13 036,8 ming so’mga;
  • Xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish hajmi 264,2 mlrd so’mni, o’sish sur’ati 140,8 foiz, QRdagi ulushi 8,0 foiz va tuman aholisi jon boshiga 1 278,2 ming so’mga;

-Qurilish ishlari 289,0 mlrd.so’mni, o’sish sur’ati 119,8 foizga, QRdagi ulushi 5,5 foiz va tuman aholisi jon boshiga 1 398,5 ming so’mga;

-Xududiy sanoat 307,5 mlrd.so’mni, QRdagi ulushi 2,3 foiz va tuman aholisi jon boshiga 1 488,0 ming so’mga;

-Сhakana savdo aylanmasi hajmi 671,3 mlrd so’mni, o’sish sur’ati 109,8 foiz, QRdagi ulushi 6,2 foiz va tuman aholisi jon boshiga 3 247,9 ming so’mga;

  • xizmatlar 535,8 mlrd.so’mni, o’sish sur’ati 117,2 foizga, QRdagi ulushi 5,1 foiz va tuman aholisi jon boshiga 2 592 ,6 ming so’mni tashkil etishi belgilangan va bugungi kunda belgilangan bu rejalar ortig’i bilan uddalandi.

Tumandagi “Amudaryo tex” qo’shma korxonasi, “Amudaryo paxta tozalash” AJ mahsulotlari dunyoning bir nechta davlatlariga eksport qilinmoqda.

Yangi ish o’rinlarini yaratish, sanoatni yuksaltirish, qishloq xo’jaligini, xizmat ko’rsatish va servis sohalarini rivojlantirish maqsadida kiritilayotgan investitsiya mablag’lari va kredit mablag’lari hisobidan har yili minglab ish o’rinlari yaratilishi natijasida aholi bandligi ta’minlanmoqda.

 2022 yil uchun tumanda 7 ta korxonaga 10 mln. 868 ming AQSh dollari miqdorida eksport prognozi belgilanganining o'zi Amudaryo tumanida mahsulotlar eksporti yaxshi yo'lga qo'yilganidan dalolatdir.

  O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 mart kungi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PF-6186-sonli farmoniga asosan 2022 yilda 3 ta “Qishloq qurilish invest” IK buyurtmachiligida 2 ta yangi tartib bo'yicha tadbirkorlar tomonidan jami 5 ta ko'p qavatli 30 xonadonli turar-joylar qurib foydalanishga topshirildi. Bugungi kunda yangi tartib asosida qo'shimcha 7 ta 30 va 35 xonadonli ko'p qavatli turar-joylar qurish ishlarini rejalashtirilgan.

Tumanda 358 ta fermer xo’jaliklari faoliyat yuritmoqda. Bularning barchasi ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari hisoblanadi, pillachilik va paxtachilikka ixtisoslashgan bo’lib, Amudaryo tumani har yili davlatga 237,04 tonnadan ziyod pilla, 12 832,2 tonna g’alla, 44,5 ming tonnadan ortiq yuqori sifatli paxta yetkazib beradi.

Tumanda joriy yilda 200 gektar maydonda intensiv bog’lar barpo etish rejalashtirildi. Yetishtirilgan meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini sifatli saqlash uchun sendvich panelli omborxonalar bunyod etilgan.

Qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishni yil sayin ko’paytirish va sifatini oshirishda sug’oriladigan yer maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash muhim ahamiyatga ega. Tumandagi 39 584 gektar sug’oriladigan yer maydon bo’lib, mavjud yer maydonlarini sug’orishda Qilichboy arna, Mang’it arna, Qipchoq arna, Bo’z suv kanallaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, 1 578,4 km. uzunlikdagi xo’jaliklararo va ichki xo’jalik kollektorlari yerlarni zax suvlardan tozalab, sho’rini yuvishga xizmat qiladi.

  Tuman taraqqiyotida ta'lim tizimining tutgan o'rni g'oyat muhim. Bugungi kunda Amudaryo tumanida 225 ta ta'lim muassasalari mavjud. Shundan 85 ta umumta'lim maktablari, 1 ta ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabi, 132 ta maktabgacha ta'lim muassasalari, 2 ta kasb-hunar maktabi, 1 ta muxandistlik texnikumi, 1 ta “Barkamol avlod” markazi, 1 ta sport maktabi, 2 ta musiqa va san'at maktabi faoliyat ko'rsatadi. Ta'lim 5 ta (o'zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, turkman) tilda olib boriladi.

Barcha ta’lim maskanlari zamonaviy pedtexnologiyalar, komp’yuter texnikalari bilan jihozlangan.

Amudaryo tuman tibbiyot tizimi ham o’ziga xos taraqqiyot tamoyiliga ega. Bugungi kunda tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi shifoxonalarda mehnat qilayotgan 328 nafar shifokorlarning 232 nafari oliy, 34 nafari birinchi va 35 nafari ikkinchi toifali shifokorlardir. O’rta tibbiyot xodimlarining 122 nafari oliy, 147 nafari birinchi, 177 nafari ikkinchi toifaga ega. Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko’rsatishni ta’minlash maqsadida bu yerda barcha sharoitlar yaratilgan: ko’p tarmoqli poliklinika, shoshilinch tibbiy yordam bo’limi, markaziy kasalxonaning 4 ta binosi va ma’muriyat binosi zamon talablari darajasida rekonstruktsiya qilinib, eng zavonaviy tibbiy asbob-uskunalar, tashxis va laboratoriya anjomlari bilan jihozlangan. Shoshilinch tibbiy yordam bo’limi ikki qavatli zamonaviy me’moriy uslubda qurilgan yangi binoda faoliyat olib bormoqda. Joriy yilda 90 o’rinli yangidan tug’iriqxona kompleksi qurilmoqda. Natijada aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish sifati keskin oshib, bolalar va ayollar salomatligi bo’yicha yuqori natijalarga erishildi. Aholining o’rtacha umr ko’rish davri 67-68 yoshdan 75-76 yoshga o’sdi. Yuqumli kasalliklarga chalinish holatlari kamaydi.

Amudaryo tumanida sport sohasida olib borilayotgan islohotlar yanada salmoqli. Tumanda sport sektsiya va bo’limlarida darsdan va ishdan tashqari sport bilan shug’ullanayotganlar soni 12 074 nafar, shundan 3 853 nafarini qizlar tashkil qiladi. Hozirgi kunda tumanimizda jami 392 ta sport inshootlari mavjud bo’lib, shundan 68 ta sport zal, 2 ta stadion, 1 ta suzish basseyni, 3 ta universal sport maydonchasi, 55 ta mini futbol maydonchasi (shundan 22 ta sun’iy qoplamaliy mini futbol maydonchasi), 5 ta zamonaviy stritbol va vorkout maydonchasi, 20 ta badminton, stritbol va vorkout maydonchasi, 3 ta tennis korti, 76 ta futbol maydoni, 69 ta basketbol maydonchasi, 82 ta voleybol maydonchasi, 8 ta gandbol maydonchalari yosh avlodni barkamol insonlar qilib tarbiyalashga xizmat qilamoqda. Tumanimizdagi sport maktabi va boshqa ta’lim muassasalarida sportning 20 ta turlari bo’yicha mashg’ulotlar olib boriladi.

Amudaryo tumani sport maktabida ham yakunlangan 2022 yilda ko’pgina yutuqlar qo’lga kiritildi. Maktab tarbiyalanuvchilari O’zbekiston Respublikasi chempionati va kuboklarida jami 51 ta, shundan 10 ta oltin, 31 ta kumush, 10 ta bronza medallarini qo’lga kiritishdi. Shuningdek Osiyo chempionatida 1 ta oltin, 1 ta bronza medalini yengib oldilar.